"Udineze" Sanchesni yangi mavsum uchun ro'yxatdan o'tkazmadi

Sherzod Nurmatov
6 sen 2024
Italiyaning "Udineze" klubi jamoaga yangi kelib qo'shilgan mashhur futbolchi Aleksis Sanchesni 2024/25 yilgi mavsum qaydnomasiga kiritmadi.

Bu haqda "Per Sempre Calcio" xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, chililik 35 yoshli hujumchi friuliliklar safidagi ilk mashg'ulotlaridan birida jarohat olgan. Dastlab, Sanches bir oyni o'tkazib yuborishi kutilgan, ammo keyin ma'lum bo'lganki, forvardning jarohati kutilganidan jiddiyroq bo'lib chiqqan va u noyabrgacha qaytmasligi aniqlangan. Shuning uchun uni qaydnomaga kiritmaslikka qaror qilingan.

Eslatib o'tamiz, Italiya klublariga mavsum uchun qaydnoma topshirish muddati tugaganidan keyin ham 1 nafar futbolchini qo'shib olishga ruxsat berilgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Per Sempre Calcio