"Udineze" "Real" forvardi bilan shartnoma imzolaydi

Alisher
16 iyul 2019, 11:34
Hujumchi Kristo Gonsales Italiya klubiga o'tmoqda.

21 yoshli hujumchi asosiy jamoa safida 4ta o'yin o'tkazishga ham ulgurdi va Ispaniya Kubogi doirasida gol ham urdi.

"Udineze" "qirollik klubi" bilan futbolchining ijarasi borasida kelishib olganligi to'g'risida xabarlar yangramoqda.

Forvard yaqin orada "Udineze"da tibbiy ko'rikdan o'tadi.

Kristo "Real"ning yoshlar jamoasi bo'lmish "Kastilya"da 72ta o'yinda maydonga tushib, 32ta gol urishga erishgan.


AlisherMuallif
Manba: Marca