"Uchib ketishi" mumkin bo'lgan "Sevilya"ga ham yangi bosh murabbiy tayinlandi

Mirjalol Normatov
21 mar 2023, 23:30
Xose Luis Mendilibar "Sevilya"ning yangi bosh murabbiyi sifatida tanishtirildi.

62 yoshli mutaxassis bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi sifatida ushbu mavsum yakuniga qadar klub bilan shartnoma imzoladi. Basklik murabbiy "Eybar"dagi faoliyati bilan mashhur bo'lgan.

Klub La Ligada 28 ochko bilan 14-o'rinni egallab turibdi. Xavfli zonadagi "Valensiya" hisobida 26 ochko bor. Jamoa aprelda Yevropa Ligasi chorak finalida "Manchester Yunayted" bilan ro'baro keladi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal