Uch nafar o'zbek futbolchisi ikki karra Osiyo chempioni bo'ldi!

Narzulla Saydullayev
27 yanv 2018, 17:40
O'zbekiston U-23 terma jamoasi Xitoydagi Osiyo chempionati finalida Vetnamni 2:1 hisobida mag'lub etib qita chempioni bo'ldi.

Shu tariqa, uch nafar o'zbekistonlik futbolchi ikkinchi bor Osiyoda chempionlikka erishdi.

Bu yilgi musobaqada ishtirok etgan Akromjon Komilov, Dostonbek Hamdamov va Javohir Sidiqov 2012 yil Eronda o'tgan o'smirlar o'rtasidagi U-16 Osiyo chempionatida ham qatnashib yakunda chempion bo'lishgan edi.  



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia