Ubaydullaev “Shaxtyor” (Soligorsk)dagi ilk golini o'rtoqlik o'yinida urdi

Eldor Akmurzayev
27 yanv 2021
Belarus chempioni yangi mavsumga tayyorgarlikni BAAda olib bormoqda.

“Shaxtyor”ning navbatdagi raqibi esa mahalliy “Liva” jamoasi bo'ldi. Soligorskliklar ushbu bahsda yirik g'alabaga erishdi. O'yinni asosiy tarkibda boshlagan Shahzod Ubaydullaev 11-daqiqada raqib darvozasini ishg'ol etdi va yangi jamoasidagi dastlabki golini urishga erishdi.

"Shaxtyor" – "Liva" (BAA) 4:0 (2:0, 2:0)

Gollar: 1:0 – Ubaydullaev (11, pas – Ivanovich). 2:0 – Darbo (39, pas – Politevich). 3:0 – Podstrelov (65). 4:0 – Makarenko (87, pas – Politevich).

Shaxtyor: Chernik (Belov, 46), Makarenko, Politevich, Xadarkevich, Sotnikov, Korzun (Lickevich, 75), Zabelin, Ivanovich (Kunskiy, 69), Podstrelov, Ubaydullaev (Shindagoridze, 75), Darbo (Begunov, 46).

Shuningdek, biroz oldin "Krasnodar" va "Shaxtyor" o'rtasidagi o'rtoqlik bahsi (3:0) ham yakunlandi. Ubaydullaev ushbu o'yinda zaxirada qoldi. 


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia