

Uchrashuvning 72-daqiqasida bosh hakam Fahad Al Mirdasi futbolchimizga to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka ko'rsatdi. Shunday qilib, Boltaboev Iroq va Yamanga qarshi o'yinlarda maydonga tusha olmaydi.
Eslatib o'tamiz, 16 yanvarda Iroq, 19 yanvarda Yamanga qarshi o'ynaymiz.



