U20 Osiyo Kubogining eng yaxshi darvozaboni "Paxtakor" bilan xayrlashdi

Aslanov Jasurbek
30 dek 2025
Otabek Boymurodov "Paxtakor"ni tark etdi.

Bu haqda futbolchi o'zining Instagramdagi sahifasida ma'lum qildi.

"Hammasi uchun "Paxtakor"ga rahmat. Bu jamoa uchun doimo borimni berishga tayyor bo'lganman, ammo o'zgarishlar vaqti keldi" - deb yozdi Boymurodov suratiga izoh sifatida.

Eslatib o'tamiz, Otabek Boymurodov 2023 yilning bahorida O'zbekistonda o'tkazilgan U20 Osiyo Kubogida turnirning eng yaxshi darvozaboni sifatida etirof etilgan edi.

Narzulla Saydullaevning ma'lum qilishicha, Boymurodov Superligaga qaytgan "Buxoro" safiga o'tadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia