
"Yurgen Klopp faoliyatimdagi eng asosiy raqib bo'ldi. Bu inson har 20 daqiqada tizimni o'zgartira olardi. U meni aqldan ozdirardi", - deya Gvardiolaning so'zlarini keltiradi "AS".
Eslatib o'tamiz, 2026 yil 22 may kuni "Manchester Siti" rasmiy sayti mutaxassisning shartnomasi yana bir yil - 2027 yilning yozigacha amal qilishiga qaramay, 2025/2026 yilgi mavsum yakunida klub bosh murabbiyligidan ketishini e'lon qilgan edi.
2025 yildan buyon Klopp "Red Bull" kompaniyasida xalqaro aloqalar bo'yicha direktor lavozimida ishlab kelmoqda. Uning shartnomasi 2029 yil oxirigacha mo'ljallangan. "Red Bull"dagi faoliyatigacha mutaxassis 2015 yildan 2024 yilgacha "Liverpul"ni boshqargan. Avvalroq uning Germaniya terma jamoasini boshqarishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.