U-23 Osiyo Kubogi. Terma jamoamiz a'zolari qayerda tug'ilgan?

Narzulla Saydullayev
30 may 2022
1 iyun kuni O'zbekistonda U-23 Osiyo kubogi musobaqasi start oladi.

Timur Kapadze mazkur musobaqada ishtirok etuvchi 23 nafar futbolchi nomini e'lon qilganidan xabaringiz bor. Ushbu futbolchilardan kim qayerda tug'ilgani haqida ma'lumot tayyorladik.

Demak yakuniy ro'yxatdan o'rin olgan 23 futbolchining 7 nafari Toshkent shahrida tug'ilgan ekan. Farg'ona viloyatidan 5 futbolchi musobaqa final bosqichida ishtirok etadi. Qashqadaryo va Andijondan 3 nafardan futbolchi yurtimiz sharafini himoya qilishi ko'zda tutilgan. Jizzax viloyatidan 2 nafar futbolchi bor. Navoiy, Sirdaryo va Toshkent viloyatidan 1 nafardan o'yinchi yakuniy ro'yxatga kiritilgan.




U-23 Osiyo kubogida ishtirok etadigan O'zbekiston terma jamoasi a'zolari:

Toshkent shahri (7) - Vladimir Nazarov ("Olimpik"), Saidazamat Mirsaidov ("Olimpik"), Jaloliddin Sodiqov ("Olimpik"), Abdurauf Bo'riev ("Olimpik"), Hojimat Erkinov ("Paxtakor"), Ibrohim Ibragimov ("Metallurg"), Shahzod Toirov ("Olimpik").

Farg'ona viloyati (5) - Hamidullo Abdunabiev ("Olimpik"), Muhammadqodir Hamraliev ("Olimpik"), Abubakr Rizo Turdaliev ("Olimpik"), Diyor Xolmatov ("Paxtakor"), Otabek Jo'raqo'ziev ("Olimpik").

Qashqadaryo viloyati (3) – Eldorbek Begimov ("Olimpik"), Alibek Davronov ("Nasaf"), Husayn Norchaev ("Nasaf").

Andijon viloyati (3) - Dostonbek Tursunov ("Olimpik"), Alisher Odilov ("Olimpik"), Odilbek Abdumajidov ("Ordabasi", Qozog'iston).

Jizzax viloyati (2) - Abduvohid Ne'matov ("Nasaf"), Ruslanbek Jiyanov ("Olimpik").

Toshkent viloyati (1) - Ulug'bek Hoshimov ("Neftchi").

Navoiy viloyati (1) - Jasurbek Jaloliddinov ("Qayrat", Qozog'iston).

Sirdaryo viloyati (1) - Abbosbek Fayzullaev ("Paxtakor").


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia