U-23 Osiyo kubogi saralashi. Bugun O'zbekiston Gonkong bilan o'ynaydi

Aziz Tukhtamuradov
9 sen 2023
Bugun, 9 sentyabr kuni U-23 Osiyo kubogi saralashi 2-tur bellashuvlari bo'lib o'tadi.

2-tur doirasida Timur Kapadze boshchiligidagi olimpiyachilarimiz Gonkongga qarshi bahs olib borishadi. Uchrashuv soat 19:00da "Jar" stadionida boshlanadi. Vakillarimiz bahsda oq libosda harakat qilishadi.

Mazkur bahsni suriyalik Hanna Hattab boshqarib boradi. Unga qanotlarda iordaniyalik Ali Ahmad hamda koreyalik Bang Giyol yordamlashadi.

Osiyo kubogi U-23 saralash

"E" guruhi, 2-tur

09.09.2023, 19:00

"Jar" stadioni, Toshkent

Gonkong U-23 - O'zbekiston U-23

Bosh hakam: Hanna Hattab (Suriya)

Yordamchi hakamlar: Ali Ahmad (Iordaniya), Bang Giyol (Koreya Respublikasi)

To'rtinchi hakam: Sang Xyop Che (Koreya Respublikasi)

Nazoratchi: Uolter Edvard Pereyra (Hindiston)

Komissar: Davlatmand Islomov (Tojikiston)


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia