U-21 Yevropa chempionati. Ispaniya o'tgan finaldagi mag'lubiyat uchun Germaniyadan revansh oldi

Eldor Akmurzayev
1 iyul 2019
Italiyada bo'lib o'tgan 21 yoshgacha futbolchilar o'rtasidagi jahon chempionatida Ispaniya terma jamoasi muvaffaqiyat qozondi.

Ular finalda Germaniya bilan to'qnash kelib, 2:1 hisobida g'alabaga erishdi. Qizil furiya o'tgan musobaqaning finalidagi mag'lubiyat (0:1) uchun germaniyaliklardan o'ziga xos revansh oldi. Ispaniya mazkur titulni beshinchi bora qo'lga kiritdi va bu natija bo'yicha eng yaxshi ko'rsatkich egasi Italiyaga yetib oldi. 

Ispaniya U-21 – Germaniya U-21 2:1 

Friuli

Gollar: 1:0 – 7 Fabian Ruis, 2:0 – 69 Olmo, 2:1 – 88 Amiri.

Ispaniya U-21 – Sivera, Firpo, Nunes, Agirregabiria, Valexo, Sebalos, Fornals (Mayoral, 72), Mark Roka, Olmo, Oyarsabal (Soler, 55), Fabian Ruis (Merino, 78).

Germaniya U-21 – Nyubel, Klostermann, Ta, Xenrixs, Baumgartl, Serdar (Noyxaus, 61), Doud, Amiri, Eggeshtayn (Nmecha, 79), Oztunali (Rixter, 73), Valdshmidt.

Ogohlantirishlar: Valexo (33), Nunes (71), Sivera (83).


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia