

Aniqrog'i, har ikkala musobaqaning birinchi davrasi markazlashgan tartibda yakunlanadi. Superligadan farqli ravishda Yoshlar ligasi jamoalari o'z o'yinlarini Bunyodkor akademiyasining suniy qoplamali maydonlarida o'tkazadi. O'yinlar odatdagidek Superliga o'yinidan bir kun avval bo'lib o'tadi.
Ertaga Superliganing 9-turidan qoldirilgan Buxoro - Bunyodkor o'yini bo'lib o'tadi. Tabiiyki, bugun jamoalarning o'rinbosarlari o'zaro hisob-kitob qilishi kerak edi. Biroq mazkur qarama-qarshilik qoldirildi. Rejaga ko'ra, Yoshlar ligasining 9-turidan qoldirilgan Buxoro - Bunyodkor o'yini 30 avgust kuni o'tkaziladi.



