U-20 JCH. Yangi Zelandiya futbolchilari Argentinaga qarshi o'yindan oldin Messining "sehrli damlamasi"dan tatib ko'rishdi va yakunda 5 ta gol o'tkazib yuborishdi

Оқил Абдубарноев
28 may 2023
U-20 jahon chempionatining 3-tur doirasidagi Argentina - Yangi Zelandiya uchrashuvidan oldin okeaniyaliklar mate o'simligi barglaridan tayyorlanadigan ichimlikdan bahramand bo'lishdi.

Ayni vaqtda Argentina yashil maydonlarida o'tkazilayotgan yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etayotgan Yangi Zelandiya futbolchilari mezbon jamoaga qarshi o'yin oldidan mahalliy vakillar tomonidan tavsiya qilingan hamda mamlakatning yulduz futbolchisi Lionel Messi tomonidan muntazam istemoli qilinishi aytilgan ichimlikdan tatib ko'rishgan va bundan xursand bo'lishgan.

Biroq "sehri damlama" faqat argentinaliklar uchun foydali ekani ma'lum bo'ldi - o'zaro o'yinda mezbonlar okeaniyaliklar darvozasiga javobsiz 5 ta to'p kiritdi.

Shunga qaramay, ikkala jamoa ham keyingi bosqich yo'llanmasini hal qildi. Mazkur guruhda, shuningdek, O'zbekiston yoshlar terma jamoasi ham ishtirok etib, 2-o'rin bilan nimchorak finalga chiqishga muvaffaq bo'ldi.

VIDEO


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia