U-20 Arab Kubogi-2021. O'zbekiston U-18 termasi yana yutqazdi

Eldor Akmurzayev
24 iyun 2021
Misrda U-20 Arab Kubogi musobaqasining 2-tur uchrashuvlari bo'lib o'tmoqda.

O'zbekiston U-18 jamoasi navbatdagi o'yinni Tunis U-20 termasiga qarshi o'tkazdi va minimal hisob (0:1)da imkoniyatni boy berdi. Yagona golni 24-daqiqada Aziz Obid urgan.

“D” guruhidagi yana bir uchrashuv sal keyinroq Yaman va Saudiya Arabistoni o'rtasida bo'lib o'tadi. Mazkur kvartetda tunisliklar 6 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.

O'zbekiston oxirgi turni Yamanga qarshi o'tkazadi. Mazkur o'yin 27 iyunga belgilangan. Tunis esa shu kuni saudiyaliklar bilan bahslashadi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia