U-19 Osiyo chempionati. O'zbekiston chorak finalda Yaponiya, Qatar yoki Eron bilan o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
19 okt 2016
Bahrayndagi yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati davom etmoqda.

Jasur Abduraimov boshchiligidagi jamoa 2-turda Avstraliyani mag'lub etib guruhda muddatdan avval birinchi o'rinni naqd qildi. Chorak finalda O'zbekiston yoshlari "C" guruhida ikkinchi o'rinni olgan jamoa bilan o'ynashadi. Ayni paytda 2ta turdan so'ng bu guruhda Yaponiya va Qatar 4 ochkodan, Eron 2 ochko to'plagan. 0 ochkoga ega Yaman guruhdan chiqa olmasligi aniq bo'lib ulgurgan.

So'nggi turda Eron Yaman bilan, Qatar esa Yaponiya bilan o'ynaydi.


#      

Jamoalar    

O'     

YU     

D     

M      

T-N    

O    

1

Yaponiya

2

1

1

0

3:0

4

2

Qatar

2

1

1

0

2:1

4

3

Eron

2

0

2

0

1:1

2

4

Yaman

2

0

0

2

0:4

0

3-tur, 20 oktyabr
Qatar - Yaponiya
Yaman - Eron


Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi chorak final uchrashuvini 24 oktyabr kuni "Xalifa Sport Siti" stadionida o'tkazadi. Undan oldin 21 oktyabr kuni guruh bosqichining 3-turida Xitoy bilan rasmiyatchilik uchun bahs bo'lib o'tadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia