U-19 chempionati yangi mavsumiga qur'a tashlandi. Ilk turda "Andijon" "Paxtakor" bilan, "Navbahor" "Do'stlik" bilan o'ynaydi

Sherzod Nurmatov
18 mar 2024
Musobaqa 10 aprel kuni boshlanishi rejalashtirilgan.

1-turda quyidagi qarama-qarshiliklar guvohi bo'lamiz:

Sharq

"Bunyodkor" – "Qo'qon-1912"

"Lokomotiv" – "Olimpik Mobiuz"

"Andijon" – "Paxtakor"

"Navbahor" – "Do'stlik" Toshkent

"Olimpik" – OKMK

"Neftchi" bu tur dam oladi.


G'arb

"Metallurg" – "Surxon"

"Buxoro" – "Dinamo"

"Mashal" – "Qizilqum"

"Nasaf" – "Aral"

"Sho'rtan" – "So'g'diyona"

"Xorazm" bu tur dam oladi.


Ma'lumot uchun, musobaqada Superliga va Pro liganing jami 22 ta jamoasi ishtirok etadi. Ular Sharq va G'arb mintaqasiga ajratiladi. Har bir mintaqa jamoasi o'z maydonida 10 ta va safarda 10 ta o'yinda ishtirok etadi. Yakunda har mintaqaning eng yaxshi 4 tadan jamoasi Toshkent mezbonlik qiladigan pley-off o'yinlarida bellashadi hamda musobaqa g'olibini aniqlaydi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: pfl.uz