U-17 Jahon chempionatiga 15 sentyabr kuni qur'a tashlanadi, O'zbekiston 3-savatchadan joy oladi

Sherzod Nurmatov
12 sen 2023
2023 yil Indoneziyada o'tkaziladigan 17 yoshgacha bo'lgan o'smirlar o'rtasidagi Jahon chempionatiga 15 sentyabr kuni FIFAning Cyurixdagi qarorgohida qur'a tashlanishi kutilmoqda.

Turnirda 24 terma jamoa 6 guruhga bo'lingan holda g'oliblik uchun kurash olib boradi.

Indoneziya turnir mezboni sifatida avtomatik ravishda birinchi savatchadan o'rin egallaydi. O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi esa uchinchi savatchadan joy olgan.

1-savatcha: Indoneziya, Braziliya, Meksika, Fransiya, Ispaniya, Yaponiya.

2-savatcha: Germaniya, Mali, Angliya, Janubiy Koreya, Argentina, Ekvador.

3-savatcha: Yangi Zelandiya, Eron, Senegal, AQSH, O'zbekiston, Marokash.

4-savatcha: Venesuela, Kanada, Yangi Kaledoniya, Panama, Polsha, Burkina-Faso.



Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia