U-17 Jahon chempionati. O'zbekiston 1/4 finalga chiqsa, to'purarlarimizdan biri maydonga tusha olmaydi

Narzulla Saydullayev
18 noya 2025
Ayni paytda U-17 Jahon chempionati 1/8 finali doirasidagi Italiya - O'zbekiston uchrashuvi bo'lib o'tmoqda.

Uchrashuvning 40-daqiqasida O'zbekiston yarim himoyachisi Azizbek Abdumo'minov sariq kartochka oldi.

Bu futbolchimizning mundialdagi ikkinchi sariq kartochkasi bo'ldi. Abdumo'minov agar O'zbekiston keyingi bosqichga chiqsa, 1/4 finalda maydonga tusha olmaydi.

Ma'lumot uchun, Italiya - O'zbekiston o'yini g'olibi Uganda - Burkina Faso juftligi g'olibiga qarshi maydonga tushadi. 



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia