"Tyanczin" klubi moliyaviy muammolar sabab Xitoy chempionatini tark etdi

Alisher
12 may 2020, 14:50
"Tyanczin" moliyaviy muammolar sabab Xitoy Superligasining yangi mavsumida ishtirok etmaydi.

Klub yaqin vaqtlar ichida bankrotlik borasida bayonot bilan chiqadi.

"Tyanczin"ning o'rnini Roberto Donadoni boshqarayotgan "Shenchjen" klubi egallaydi.

"Tyanczin" oliy ligada 2017 yilda debyut qilgan va Fabio Kannavaro qo'l ostida 3-o'rinni egallagandi.

Eslatib o'tamiz, ushbu jamoa tarkibida belgiyalik Aksel Vitcel va braziliyalik Aleshandre Patolar to'p tepishgan.


AlisherMuallif
Manba: AFP