"Turon"da klub prezidenti lavozimidan ozod etildi

Mirjalol Normatov
28 noya 2021
Xabaringiz bor, kuni kecha "O'zbekiston" o'yingohida Coca-Cola Superliganing 26-turi doirasidagi "Turon" - "Andijon" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Mazkur o'yin yakunidan so'ng klub rahbariyati va tasischilari ishtirokida kengaytirilgan yig'ilish bo'lib o'tdi. Klubimiz qarorgohida tashkil etilgan ushbu yig'ilish davomida jamoaning mavsum davomidagi natijalari tanqidiy ko'rib chiqildi va muhokama qilindi. Shundan so'ng bugunga qadar klub prezidenti lavozimida ishlab kelgan yosh mutaxassis Abduvahob Ahmadaliev o'z arizasiga ko'ra egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

“Turon" futbol klubi Abduvahob Ahmadalievni jamoamizdagi faoliyatiga samimiy minnatdorchilik bildirgani xolda kelgusida ulkan zafarlar yor bo'lishini tilaydi, - deb yoziladi klub bayonotida.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Турон" футбол клуби матбуот хизмати