Turkmaniston Osiyo chempionati U-23 saralashida qatnashmaydigan bo'ldi

Narzulla Saydullayev
8 may 2015
Xabaringiz bor, 16 may kuni Dubayda 2016 yilgi U-23 Osiyo chempionati saralashning so'nggi guruh o'yinlari boshlanadi.
Bu guruhda 5ta jamoa qita chempionati yo'llanmasi uchun kurash olib borishi kerak edi. Ammo so'nggi pallada Turkmaniston saralashda qatnashmaslikka qaror qildi. Bu haqda OFK rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Shu tariqa, guruhda 4ta jamoa qoldi va so'nggi o'yin 20 may kuni bo'lib o'tadi.

1-tur
16 may

Iordaniya - Pokiston
Quvayt - Qirg'iziston

2-tur
18 may

Pokiston - Quvayt
Qirg'iziston - Iordaniya

3-tur
20 may

Iordaniya - Quvayt
Qirg'iziston - Pokiston


Eslatib o'tamiz, Baxtiyor Ashurmatov boshchiligidagi O'zbekiston olimpiya terma jamoasining Osiyo chempionatiga borish yoki bormasligi aynan shu guruhdagi natijalarga bog'liq. O'zbekiston OCHga chiqishi uchun bu guruhda ikkinchi o'rinni olgan jamoa 6 ochkodan kam to'plashi kerak.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia