Tuproq ustidagi afsonalar, "Oltin to'p"li Mane va taqdirlangan Hakimi. Afrikada yilning eng yaxshilari aniqlandi

Aslanov Jasurbek
8 yanv 2020
Kecha, 7 yanvar kuni Misrning Xurgada shahrida Afrikaning 2019 yildagi eng yaxshi futbolchilari taqdirlandi.

Marosimdan oldin FIFA va Afrika futbol konfederatsiyasi afsonalari o'rtasida sohil futboli bo'yicha uchrashuv o'tkazildi.






Futbol bahsidan so'ng navbat asosiy marosimga keldi. Taqdirlash ochiq osmon ostida o'tkazildi va tadbirda raqqosalar hamda xonandalar o'z sanati bilan mehmonlar ko'nglini ko'tarishdi.




Afrikaning 2019 yildagi eng yaxshi yosh futbolchisi sovrini Dortmundning "Borussiya" klubi futbolchisi Ashraf Hakimiga topshirildi.


Kechaning eng asosiy sovriniga uch futbolchi nomzod edi: Muhammad Saloh, Sadio Mane, Riyad Marez.


Sadio Mane eng ko'p ovoz to'plab, "Yilning eng yaxshi futbolchisi"ga atalgan maxsus "Oltin to'p"ni qabul qilib oldi.


Yil ramziy terma jamoasidan o'rin olgan futbolchilar

Darvozabon: Andre Onana (Ayaks, Kamerun).

Himoyachilar: Serj Ore (Tottenxem, Kot-d’Ivuar), Joel Matip (Liverpul, Kamerun), Kalidu Kulibali (Napoli, Senegal), Ashraf Hakimi (Borussiya D , Marokash).

Yarim himoyachilar: Idrissa Guye (PSJ, Senegal), Riyad Mahrez (Manchester Siti, Jazoir), Xakim Ziesh (Ayaks, Marokash).

Hujumchilar: Sadio Mane (Liverpul, Senegal), Per-Emerik Obameyang (Arsenal, Gabon), Muhammad Saloh (Liverpul, Misr).


Marosim rang-barang feyerverk bilan yakuniga etdi.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: gettyimages.com