TTG moliyaviy holati og'irligi tufayli futzal bo'yicha Oliy liga bahslarida qatnashmaydi, uning o'rnini "Dinamo" egallaydi

Sherzod Nurmatov
31 avg 2023
Futzal bo'yicha Birinchi liganing 2022/23 yilgi mavsumi yakunlariga ko'ra Toshkentning TTG jamoasi Oliy liga yo'llanmasini qo'lga kiritgan edi.

Biroq mazkur jamoa moliyaviy qiyinchiliklar sabab Liga qatnashchilari safidan chiqishini bildirib murojaat qildi. 

“O'zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan o'tkaziladigan futzal musobaqalari reglamenti”ning 8.5-bandiga ko'ra mavsum yakunida yuqori ligada ishtirok etish huquqini qo'lga kiritgan klub ushbu huquqdan voz kechsa yoki unda mazkur ligada ishtirok etish uchun reglament asosida to'siq bo'lsa, uning o'rni mavsum yakuniga ko'ra keyingi o'rinni egallagan boshqa klub bilan to'ldirilishi belgilab qo'yilgan. Shundan kelib chiqib, o'tgan mavsum Birinchi ligada ikkinchi bo'lgan va faqatgina o'tish o'yinida “Navbahor”ga imkoniyatni boy bergan Samarqandning “Dinamo” jamoasi 2023/24 yilgi mavsumni Oliy ligada o'tkazishi belgilandi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: futsal.uz