Trustbank Cup-2020. Finalchilar ma'lum

Aslanov Jasurbek
2 dek 2020
Toshkent futbol associaciyasi tomonidan o'tkazilayotgan Trustbank Cup-2020 musobaqasining yarim final uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

1/2 finaldan o'rin olgan dastlabki uchrashuvda "Bunyodkor" va "Neftgazmontaj" jamoalari kuch sinashdi. Qiziqarli va murosasiz kechgan bahsda "Neftgazmontaj" 3:2 hisobida g'alaba qozondi va musobaqaning ilk finalchisi bo'ldi.

Ikkinchi finalchi nomini aniqlab bergan "Lokomotiv" hamda "Oq-tepa" jamoalari o'rtasidagi o'yin ham keskin ruhda o'tdi. Mazkur bellashuvda "Oq-tepa" jamoasining qo'li baland keldi, hisob 3:0.

Trustbank Cup-2020  finali 5 dekabr kuni Toshkent akademiyasi maydonida bo'lib o'tadi. Unda "Neftgazmontaj" - "Oq-tepa" jamoalari bosh sovrin uchun kurash olib boradi. Musobaqa g'olibi 14ta hudud kubok g'oliblari bilan "pulka"da bahs olib boradi. Kubok "pulka"si g'oliblari yakuniy o'tish turniri yo'llanmasini qo'lga kiritadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia