Transfer. “Inter” yana bir futbolchisini sotib yubordi

Eldor Akmurzayev
28 yanv 2020
“Inter” forvardi Gabriel Barboza to'laqonli “Flamengo” a'zosiga aylandi.

U o'tgan yilning yanvaridan buyon Rio-de-Janeyro jamoasida ijara asosida o'ynab kelayotgan edi.  

Gabigol hamda "Flamengo" o'rtasidagi kelishuv 2024 yilga qadar tuzilgan bo'lib, futbolchining transfer narxi 18 mln. evroga baholangan. Shuningdek, “neradzurrilar” qo'shimcha 20 foiz bonusga ham ega bo'ladi. 

23 yoshli hujumchi o'tgan mavsum Braziliya chempionatida 29 o'yin o'tkazib, 25ta gol urdi va 8ta assistni o'z hisobiga yozib qo'ydi. 


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/Flamengo