Transfer-2022. “Nottingem Forest” to'xtamoqchi emas

Eldor Akmurzayev
15 avg 2022
“Atalanta” yarim himoyachisi Remo Froyler faoliyatini “Nottingem Forest”da davom ettiradi.

Futbolchining transferi 9 mln (+bonuslar) evroga amalga oshdi. Shveytsariyalik bilan shartnoma qancha muddatga imzolangani esa ochiqlanmagan.

30 yoshli xavbek o'tgan mavsum A Seriyada 29 bahsda qatnashib, 1+3 natijaga erishdi va 10 ta sariq oldi.

Qayd etish joizki, APL joriy mavsum debyutanti uchun bu yozgi transfer oynasida jamoaga jalb qilingan 15-futbolchi bo'ldi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia