Totti: "Roma" "Yuventus"ni mag'lub etishni juda xohlagandi"

Narzulla Saydullayev
22 yanv 2014
"Roma" hujumchisi Franchesko Totti Italiya kubogi chorak finali doirasidagi "Yuventus"ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
"Biz bu o'yinda nima qilib bo'lsa ham g'alaba qozonmoqchi edik. Turindagi mag'lubiyatdan so'ng o'zgarishlar qildik va bugun ajoyib "Yuventus" bilan tengma-teng o'ynay olishimizni isbotlay oldik.

8 ochko farq ko'p yoki kamligini bilmayman. Agarda biz birinchi davradagi o'yinimizni ko'rsatsak "Yuve"ga yetib olamiz. Turinliklar ham juda kuchli o'yin namoyish etishlarini unutmaslik kerak", - deydi Totti.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: soccer.ru