Totti 9 oydan so'ng komadan chiqqan "Lacio" futbolchisini yo'qlab bordi

Sherzod Nurmatov
28 sen 2020
"Roma" sobiq sardori Franchesko Totti kasalxonada bo'lib turgan "Lacio" ayollar jamoasi a'zosi Ilena Matillini ko'rgani bordi.

Qiz o'tgan yilning dekabr oyida avtohalokat natijasida og'ir jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizilgan edi.

20 yoshli sportchi to'qqiz oyni komada o'tkazdi. Fojia haqidagi ma'lumot Tottiga yetib bordi va u videomurojaat yo'lladi.

"Lacio"da o'ynagan, ammo "Roma"ga muxlislik qilgan Matilli yaqinda ancha vaqtdan keyin komadan chiqdi.

Totti bugun ertalab futbolchining holidan xabar olish uchun kasalxonaga tashrif buyurdi. U esa afsonani "Roma" libosida qarshi oldi. Totti qiz bilan bir soatcha suhbatlashdi va qiz to'liq sog'aygach, uni kechki ovqatga taklif qilishga vada berdi. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: La Repubblica