"Tottenxem"ga "Leyptsig" himoyachisi kerak

Mirjalol Normatov
26 iyun 2022
"Leyptsig" himoyachisi Yoshko Gvardiol "Tottenxem" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

"Get French Football News" xabariga ko'ra, "Tottenxem" skautlari 20 yoshli futbolchining Bundesligadagi ilk mavsumidan xayratga tushgan. U o'tgan mavsum avvalida Zagrebning "Dinamo"sidan Bundesliga klubi tomonidan 19 million evro evaziga sotib olingandi.

Yakunlangan mavsumda Yoshko "Leyptsig" tarkibida barcha turnirlarda 46 o'yinda qatnashdi. Uning klubi bilan kelishuvi 2026 yilgacha amal qiladi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Get French Football News

O'xshash yangiliklar