"Tottenxem" "Volfsburg" himoyachisi bilan shartnoma imzolashi mumkin

Alisher
13 iyul 2021
"Tottenxem" "Volfsburg" himoyachisi Maksans Lakruaga qiziqish bildirmoqda.

Fransiyalik futbolchi "shporlar"ning yangi sport direktori Fabio Paratichining orzusidir, u "Yuventus"da ishlab yurgan paytiyoq futbolchi bilan shartnoma imzolashga uringandi.

Qayd etish kerakki, "Tottenxem" hali o'yinchi bo'yicha taklif bermadi. Lakrua "Tottenxem"ga 30 million evroga tushishi mumkin.

Lakrua o'tgan mavsum "Volfsburg" tarkibida 30ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Football Fancast