“Tottenxem“ vakili: “Inqiroz tufayli Sharqiy Yevropadagi futbolchilarni top-klublarda ko'rib qolishimiz mumkin”

Eldor Akmurzayev
19 apr 2020
“Tottenxem” klubini rivojlantirish bo'yicha rahbari Roman Dubov “Zenit” hujumchisi Artyom Dzyubaning londonliklarga transfer qilinish ehtimoli haqida gapirdi.

"Dzyuba “Tottenxem”ga o'tadimi? Xarri Keyn hozircha bizni tark etmagan bo'lsa-da, uning kelajagi masalasiga aniqlik kiritilmagan, hozirda unga aniq taklif yo'q, u potencial ketishi haqida ham ayta olmaydi. Rosti, Dzyuba ko'plab skautlarning e'tiborida, ammo Artyomni “Tottenxem”da ko'rmasak kerak deb o'ylayman. Inqiroz tufayli Sharqiy Yevropadagi ko'plab futbolchilarni top-klublarda ko'rib qolishimiz mumkin”, deydi “shporlar” vakili.

Eslatib o'tamiz, Sharqiy Yevropaga Rossiya, Belarus kabi bir nechta davlatlar kiradi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Матч ТВ