"Tottenxem" va "Lester" braziliyalik himoyachi uchun kurashyapti

Sherzod Nurmatov
7 mar 2021
"Roma" markaziy himoyachisi Rojer Ibanes ingliz klublari e'tiborini o'ziga qaratdi, deb xabar berdi Calciomercato.

Nashrning yozishicha, "Tottenxem" va "Lester" 22 yoshli futbolchini nishonga olgan.

Takidlash joizki, braziliyalik o'yinchi yaqinda "bo'rilar" bilan shartnomasini 2025 yilgacha uzaytirgandi.

Ibanes ushbu mavsumda "Roma" tarkibida 26 ta o'yin o'tkazgan va 1 ta gol urgan. Uning transfer narxi 20 million evroga teng.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Calciomercato

O'xshash yangiliklar