

Londonning "Tottenxem" klubi himoyachi Destiny Udoji bilan shartnomani uzaytirdi, deya xabar berdi Fabricio Romano.
Ma'lumotlarga ko'ra, 21 yoshli Udoji 2029 yilning iyunigacha mo'ljallangan, 5 yillik shartnomaga imzo chekkan. Shartnoma yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyatini ham o'z ichiga oladi.
Destini Udoji joriy mavsum "Tottenxem" safida 14 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli pas uzatdi.



