"Tottenxem" stadionida kichik yong'in yuz berdi

Sherzod Nurmatov
2 sen 2021, 21:30
Bu haqda ingliz nashrlari xabar tarqatdi.

Bugun ertalab "Tottenxem Xotspur Stedium" oshxonasida kompressor yonishi tufayli kichik yong'in sodir bo'ldi. Voqea natijasida signal jiringladi va 300 ga yaqin xodim evakuaciya qilindi.

Elektrchi olovni ko'rib, o't o'chirgich yordamida xavfni bartaraf etdi. O't o'chiruvchilar yetib kelguniga qadar hammasi tugadi. Albatta, hech kim jabr ko'rmagan va hozir stadionda ish odatdagidek davom etmoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Evening Standard