"Tottenxem" "Napoli" futbolchisini sotib olmoqchi

Aslanov Jasurbek
28 mar 2019, 14:30
"Tottenxem" "Napoli"ning gvineyalik yarim himoyachisi Amadu Diavaraga qiziqish bildirmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, ingliz klubi yozgi transfer oynasida futbolchini sotib olish uchun muzokaralarni boshlab yuborgan.

21 yoshli Diavara 2016 yilning yozida "Bolonya"dan "Napoli"ga o'tgan edi. Transfer 14,5 mln. evro evaziga amalga oshgan. Joriy mavsum u A Seriyaning 13ta uchrashuvida maydonga tushdi.

Eslatib o'tamiz, "Tottenxem" o'tgan mavsum birorta transfer amalga oshirmadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport