"Tottenxem" "ikkinchi Ibragimovich"ni sotib olmoqchi

Narzulla Saydullayev
12 noya 2013
Daily Mirror nashrining xabar berishicha, Londonning "Tottenxem" klubi Shvetsiya U17 terma jamoasi hujumchisi Valmer Berishani sotib olishga qaror qildi.
Manbaning maulmotlariga ko'ra 17 yoshli futbolchini "Tottenxem" skautlari Birlashgan Arab Amirliklarida bo'lib o'tgan 17 yoshli o'smirlar o'rtasidagi Jahon Chempionati davomida kuzatib borishgan. Argentigaga qarshi kechgan 3-o'rin uchun o'yinda yosh istedod sohibi xet-trik qayd etib, inglizlar e'tiborini tortgan.

"Ikkinchi Ibragimovich" deb atala boshlangan Berishaning transferi 500 ming funt sterlingga baholanmoqda.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net