"Tottenxem" himoyachi Udogieni xarid qildi va kelasi mavsumga qadar "Udineze"da ijarada qoldirdi

Alisher
9 avg 2022, 15:47
"Tottenxem" "Udineze" himoyachisi Destini Udogiening xaridi bo'yicha kelishuvga erishdi.

Bu haqda jurnalist Fabricio Romano xabar bermoqda. Transfer narxi 20 million evrodan ortiqroq mablag'ni tashkil etdi.

Shu bilan birga, 19 yoshli italiyalik 2022/23 yilgi mavsumni "Udineze"da ijara asosida o'tkazadi va shundan so'ng yangi jamoasiga qo'shiladi.

Udogie o'tgan mavsum "Udineze" tarkibida 37ta o'yinda 5ta gol va 3ta assist qayd etdi. Transfermarkt futbolchini 17 million evroga baholamoqda.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano