"Tottenxem" "Everton" xavbekiga qiziqish bildirmoqda

Sherzod Nurmatov
12 apr 2024
"Shporlar" yozda Amadu Onanani sotib olmoqchi.

Londonning "Tottenxem" klubi "Everton" yarim himoyachisi Amadu Onanaga qiziqmoqda, deb xabar berdi jurnalist Pol O’Kif.

Ma'lumotlarga ko'ra, "shporlar" yozda 22 yoshli Onanni sotib olmoqchi. "Everton" yarim himoyachisini 70 million evro evaziga qo'yib yuborishi mumkin.

Amadu Onana joriy mavsum "Everton" safida 31 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 1 ta golli uzamtaga mualliflik qildi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goodison News