"Tottenxem" 55 mln evroga sotib olgan futbolchisi bilan shartnomani bekor qildi

Administrator
12 iyun 2024, 21:25
Tangi Ndombele "Tottenxem"ni tark etadi.

Londonning "Tottenxem" klubi yarim himoyachi Tangi Ndombele bilan ikki tomon roziligiga ko'ra shartnomani bekor qildi. Ndombele oxirgi ikki yilni "Galatasaroy" va "Napoli" klublarida ijarada o'tkazgandi. Bundan tashqari, Tangi 2021-2022 yilgi mavsumda "Lion"ga yarim yil ijarada harakat qilish uchun qaytgandi.

Ma'lumot uchun, "Tottenxem" Ndombeleni 2019 yil "Lion"dan 55 mln evroga sotib olgandi. Bu London klubi uchun o'z tarixidagi rekord summa edi. 

Eslatib o'tamiz, Ndombele yakunlangan mavsumda "Galatasaroy" tarkibida 26 ta uchrashuvda maydonga tushdi va bitta assist qayd etdi.


AdministratorMuallif
Manba: https://www.tottenhamhotspur.com/