

Fransiyalik futbolchi klub uchun rekord summa 65 mln. evro evaziga shporlar safiga kelib qo'shildi. Tomonlar 5 yillik kelishuvga erishgan bo'lib, shartnoma bandlaridan birida uni bir yilga uzaytirish ham ko'zda tutilgan.

Ndombele sherlar safida o'tgan mavsum 47 bahsda qatnashib, 3ta gol urishga erishdi. Shuningdek, uning hisobida 7ta samarali uzatma ham bor.
Biroz oldinroq, londonliklar Lids vingeri Jek Klark bilan to'rt yillik kelishuvga erishib, uni shu zaxoti sobiq jamoasiga ijaraga berdi. U 2018/19 yilgi mavsum 25 bahsda qatnashib raqiblar darvozasiga 2ta gol urgandi. Shuningdek, Klark mavsum yakunlariga ko'ra "Lids"ning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi.

Qayd etish joizki, Tottenxem mana 1,5 yil ichida ilk marotaba transferlarga qo'l urdi.



