"Tottenhem" va "Ayaks"ning sobiq ustozi: "Amsterdamliklar 25 yil oldingi Gollandiyani eslatib yubormoqda"
Eldor Akmurzayev
30 apr 2019
YCHLning yarim final ilk uchrashuvi oldidan Tottenhem va Ayaksda faoliyat olib borgan murabbiy Martin Yol o'z fikrlarini bildirdi.
“Ayaks menga 25 yil avvalgi Gollandiya terma jamoasini yodga solmoqda. Jamoa futbolchilari grandlarga qarshi o'yinlarda raqiblarini ayab ham o'tirmayapti. Tottenhemga qarshi bahs qiziqarli o'tishi aniq”, – deydi 63 yoshli gollandiyalik mutaxassis.