Toshkentda Xalqaro qand kasalligi bilan kurashish kuniga bag'ishlangan xayriya futbol o'yini bo'lib o'tadi

Narzulla Saydullayev
6 noya 2018
25 noyabr kuni, poytaxtdagi Universitetlararo sport majmuasida Diabet ― bu hukm emas! shiori ostida, mana shunday tashhis qo'yilgan bolalar va o'smirlar uchun futbol bo'yicha xayriya o'yini o'tkaziladi.

Tadbir 11:00dan 13:00 gacha davom etadi. Bu o'yin “14 noyabr - Xalqaro qand kasalligi bilan kurashish kuni”ga bag'ishlanadi.

Bu o'yinni o'tkazish uchun O'zbekiston Endokrinologiya va Diabet Associaciyasi qoshidagi DIASA ommaviy harakati tashabbus bilan chiqdi. Shuningdek, tadbirni o'tkazishda O'zbekiston Professional futbolchilar Associaciyasi va Toshkent Endokrinologiya Dispanseri ham yordam bermoqda.

Timur Nazarov, DIASA ommaviy harakati loyihasi asoschisi va ushbu nomdagi jamoa murabbiyi: Biz jamoatchilik e'tiborini qand kasalligi, bolalar va o'smirlar o'rtasida jismoniy faolllik hamda ruhiy tiklanish muhimligiga qaratishni maqsad qildik. Umid qilamizki, bo'lajak o'yin ushbu yo'nalishdagi muhim qadamlardan biri bo'ladi.

Shu kuni barcha tashrif buyuruvchilarni ajoyib dastur kutmoqda: AFC DIASA va Black Bears nomli yulduzli o'yinchilardan iborat jamoalar o'rtasidagi futbol o'yini. Black Bears jamoasi tarkibida turli sohalarda ishlayotgan insonlar o'ynashadi, estrada artisti: Shaxriyor, Akbar Atamuxamedov, Evgeniy Shtapov (Di Live Band guruhi yakkaxoni); poytaxtning yetakchi di-djeylari: DJ Ochil, Dj Kyamran Silience, DJ Sam; Ilya Nikitin (Black Bear Kofi tarmog'i asoschisi), Artur Beglaryan (tadbirlar boshlovchisi va bayramlar tashkilotchisi), fotograf Arlan Bayxodjaev, Nodir Eliboev (futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi murabbiyi) va boshqalar.



Uchrashuvni FIFA hakami Ravshan Ermatov boshqarib boradi.

Tadbirning faxriy mehmonlari ― Toshkent shahar Endokrinologiya Dispanserida ro'yxatida turuvchi bolalar va o'smirlar.

Xayriya futbol o'yini mehmonlari orasida O'zbekiston Superligasi professional futbolchilari, O'zbekiston milliy terma jamoasi a'zolari ham bo'ladi.

Ma'lumot uchun

DIASA ― O'zbekiston Endokrinologiya va Diabet Associaciyasi qoshidagi ommaviy harakat. Qandli diabet tashhisi qo'yilgan bolalar va o'smirlarga bolalar va o'smirlar o'rtasida jismoniy faolllik hamda ruhiy tiklanishga yordam berish. Jamoatchilikni ushbu muammoga faol tarzda e'tibor qaratish. Akciyalar, tadbirlar yordamida moliyaviy va medikamentoz yordam yig'ish.

Har bir xohlovchi o'yinga tashrif buyurib, xayriyaga o'z xissasini qo'shishi mumkin.

Ma'lumot uchun telefonlar: + (998 91)  191 79 93

DIASA ijtimoiy tarmoqlarda

Facebook
Telegram
Instagram





Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia

O'xshash yangiliklar