Toshkentda hakamlar uchun FIFAning xalqaro seminari boshlandi

Narzulla Saydullayev
20 mar 2019, 12:04
Poytaxtimiz Toshkent shahrida joylashgan "Ramada" mehmonxonasida hakamlar uchun FIFAning xalqaro seminari bo'lib o'tmoqda.

Unda Superliga va Pro-ligada faoliyat olib boruvchi 35 nafar hakam ishtirok etyapti. Ular orasida ayol hakamlar ham borligi e'tiborga molik.

Seminarni FIFA instruktori Valentin Ivanov olib bormoqda. Seminar davomida hakamlar bilan nazariy va amaliy mashg'ulotlar olib boriladi. Seminar 24 martga qadar davom etadi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz