Toshkentda FIFA Grassroots dasturi bo'yicha xalqaro kurslar boshlandi. Uni Usmon Toshev olib bormoqda

Narzulla Saydullayev
11 yanv 2021
Bugun poytaxtimizdagi “Chig'atoy” Respublika oliy sport mahorat maktabida FIFAning bolalar futboli va ommaviy futbolni rivojlantirish dasturi bo'yicha Grassroots xalqaro kurslari start oldi.

FIFA Grassroots dasturi maktab, jamoat va klublar tashabbusi orqali 6-12 yoshdagi o'g'il-qizlarga qaratilgan bo'lib, dasturning asosiy maqsadi – futbol o'yini orqali imkon qadar ko'proq odamlarni, hususan yoshlarni birlashtirishdir.

Dastur maxsus infratuzilma talablarisiz futbol o'ynash imkoniyatini yaratadi. Shu sababli hech qanday intensiv mashg'ulotlar yoki murakkab taktikalarga murojaat etilmaydi.

Grassroots dasturi barcha futbol associaciyalari bilan yaqin hamkorlikda tuzilgan va insoniy qadriyatlarni almashinuvini qo'llab-quvvatlaydi.

Mazkur o'quv kurslarga Respublikamizning barcha hududlaridan kelgan murabbiylikka qiziqishi bor 30 nafar mutaxassis jalb etilgan.

O'quv kurslar FIFA va OFK instruktori Usmon Toshev tomonidan olib borilmoqda va unga Baxrom Umarov ko'maklashmoqda. O'quv-mashg'ulotlar koordinatori – Umid Xatamov.

15 yanvar kuniga qadar davom etadigan o'quv jarayoni yakunida bolalar futboli va ommaviy futbol bo'yicha festival o'tkazilishi rejalashtirilgan. Kurs so'nggida barcha ishtirokchilarga sertifikatlar topshiriladi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати