Toshkentda avtomarafon bo'lib o'tdi. Eksklyuziv FOTOGALEREYA

Aziz Tukhtamuradov
7 apr 2019
Bugun, 7 aprel kuni poytaxtimizda buyuk sarkarda, Sohibqiron Amir Temur tavalludining 683 yilligiga bag'ishlangan avtomarafon o'tkazildi.

O'zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasi va Toshkent shahar YHXB bilan hamkorlikdagi ushbu tadbir poytaxt ko'chalari bo'ylab 25 kilometrlik masofada uyushtirildi.

Avtomarafon Mustaqillik shoh ko'chasidan boshlanib, kichik halqa yo'li orqali Bunyodkor va undan keyin Alisher Navoiy shoh ko'chalari bo'ylab harakatlandi. 

Poyga davomida Qurolli Kuchlar akademiyasi harbiy xizmatchilari shaxsiy avtotransport vositalarida ishtirok etishdi. Marafon doirasida harbiylar Amir Temur obrazini gavdalantirib, o'sha yillardagi askariy kiyimlarni kiyishadi.

Ushbu avtomarafondan olingan eksklyuziv suratlarni e'tiboringizga havola qilamiz.


Suratlar muallifi Alimurod Mamadaminov


Qolgan suratlarni ushbu sahifada tomosha qiling > > > Toshkentda avtomarafon bo'lib o'tdi. Eksklyuziv FOTOGALEREYA


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: olamsport.com

O'xshash yangiliklar