Toshkent viloyati. Internat akademiyaga aylanadi, bu haqida ota-onalarga tushuntirish berildi

Narzulla Saydullayev
22 may 2018, 12:58
Kuni kecha Yangiyo'l tumanining Xalqobod qo'rg'onida joylashgan futbolga ixtisoslashgan maktab internatda internatni akademiyaga aylantirish bo'yicha yig'ilish bo'lib o'tdi.

Yig'ilishda O'FAning mas'ul vakillari A.Tolibjonov, V.Saloxo, Toshkent viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i D.Rihsiboev , viloyat futbol federatsiyasi birinchi vice-prezidenti B.Mahmudov hamda internat xodimlari va ota-onalar ishtirok etishdi.

Yig'ilishdan oldin O'FA xodimlari maktab internatning faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Maydonlar, o'quv xonalari, oshxona va yotoqxonalar ko'zdan kechirildi. Tanishuv jarayoni yakunlangach, ota-onalar bilan uchrashuv o'tkazilib, unda akademiya haqida ma'lumot berildi. O'zaro fikrlar almashilindi va savollarga javob berildi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia