Toshkent shahar futbol Associaciyasi Toshkent bo'yicha to'liq axborot to'playdi

Nadirkhuja Yuldashev
5 iyul 2020
Kecha Toshkent shahar futbol associaciyasining turli yosh toifalari bo'yicha terma jamoalarni shakllantirganligi haqida xabar bergan edik.

Endigi navbat Toshkent shahrini zimdan o'rganishga kelgan ko'rinadi. Bu haqda tashkilotning telegramdagi rasmiy kanali xabar beradi.


Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi hamda Toshkent shahar futbol associaciyasi hamkorlikda, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 5887-sonli farmoni asosida poytaxtdagi barcha Sport maktablari (IBO'SM, BO'SM, BO'FM, Oliy mahorat maktabi), shaxsiy klublar, davlat klublarini o'rganib chiqadi.


Katta e'tibor sport maktablariga qaratiladi va endi ularning ish sifatini oshirish borasida maxsus loyiha ishlab chiqiladi.


O'rganish natijasi O'zbekiston futbol Associaciyasi Prezidenti Abdusalom Azizov, O'zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev, O'FA Vice-prezidenti hamda Sport vazirining birinchi o'rinbosari Ravshan Ermatov, Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo'jaevga taqdim qilinadi.


Kamchiliklar tahlil qilinib, 2020 yil sentyabr oyidan Toshkent shahar futbol associaciyasining yangi ko'rinishdagi ish uslubiga o'tiladi.


Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: