Toshkent derbisiga kelgan muxlislarga iftorlik tarqatildi. Murodjon Ahmadaliev esa xayriya akciyasida qatnashdi

Eldor Akmurzayev
17 may 2019
O'zbekiston chempionatining 9-turida Lokomotiv o'z maydonida Bunyodkor bilan to'qnash keldi va uchrashuvda hisob (0:0) ochilmadi.

Mazkur bahs boshlanishidan oldin stadionga kelgan muxlislarga temiryo'lchilar mutasaddilari tomonidan muborak ramazon oyi munosabati bilan iftorlik tarqatildi.

Shuningdek, stadionga kiraverishda ehson qutisi ham o'rnatildi. 

O'yin oldidan o'ziga xos akciya o'tkazildi. Bunda Lokomotiv PFK yordam berishni maqsad qilgan saraton kasalligi bilan kurashib kelayotgan 12 yoshli Ro'ziboeva Shahzoda bilan mamlakatning taniqli bokschilartdan biri Murodjon Ahmadaliev ramziy manoda maydon markazidan o'yinni boshlab berishdi. 


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia