"Torino"dan tashqari yana bir A Seriya klubi Shomurodovni o'z safiga qo'shib olmoqchi

Alisher
30 iyul 2022
O'zbekiston terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov qaysi klubga o'tishi ko'pchilikni qiziqtirayotgani bor gap.

Championat.asia saytining Italiya futboli bo'yicha mutaxassisi Sergey Rumyancevning ma'lum qilishicha, "Roma" hujumchisi Eldor Shomurodovni "Torino"dan tashqari "Sassuolo" ham o'z tarkibiga jalb qilishga urinmoqda.

Sergey bu borada "Sassuolo" sport direktori Jovanni Rossi va bosh direktor Jovanni Karnelli bilan gaplashdi. Ular bu borada juda ehtiyotkorlar, ammo ularga Eldor yoqishi mumkinligini tasdiqlashdi.

Eslatib o'tamiz, bunga qadar Turinning "Torino" klubi Eldor Shomurodov bo'yicha "Roma"ga taklif yuborgani haqida ma'lumot bergan edik.


Shomurodovga A Seriyaning ikki klubi qiziqmoqda. "Roma" hujumchini sotishga tayyor (Nikolo Skira)


AlisherMuallif
Manba: championat.asia