

Ma'lumotlarga qaraganda, "Torino" Eldor Shomurodovni mavsus so'ngigacha ijaraga olish uchun "Roma"ga rasmiy taklif bilan chiqqan.
Turin klubi sotib olish huquqini o'z ichiga olmagan ijara uchun 1 million evro to'lamoqchi. "Roma" futbolchi bilan xayrlashishga tayyor, biroq 12 million evroga sotib olish huquqi bilan ijaraga berish istagida.
27 yoshli Shomurodov Rim jamoasida 2021 yilning avgustidan beri o'ynamoqda. U ushbu mavsum "Roma" libosida 8 ta o'yinda qatnashib, 1 ta gol urdi.
Transfermarkt portali O'zbekiston terma jamoasi sardorini 7 million evroga baholamoqda.



